Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili iste’foga chiqdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Bu haqda uning o‘zi hukumat ma’muriyatining favqulodda brifingi chog‘ida ma’lum qildi.
Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vaziri iste’foga chiqsa, hukumatning butun tarkibining vazifasi to‘xtatiladi va ular vazifani vaqtincha bajaruvchilarga aylanadi.
Mamlakat prezidenti parlamentdagi ko‘pchilik bilan maslahatlashishi lozim. Bosh vazir lavozimiga nomzod yetti kun ichida e’lon qilinishi kerak.
Keyingi yetti kun davomida bosh vazirlikka nomzod vazirlikka nomzodlarni tanlaydi va hukumat dasturini tuzib chiqadi va uni parlamentga tanishtiradi. Shundan keyin hukumatning yangi tarkibiga ishonch bildirish jarayoni boshlanadi.
Izoh (0)