AQShning janubi-sharqiy hududlaridagi shtatlarida yuzaga kelgan po‘rtanalar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi. Bu haqda CNN bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Avvalroq noqulay ob-havo tufayli to‘rt kishining halok bo‘lib, yana o‘nlab kishilarning jarohat olganligi haqida xabar qilingan edi.
Ma’lum qilinishicha, yana ikki kishi Tennessi shtatining Perri okrugida halok bo‘lib, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Shtatdagi bir qator uylar zarar ko‘rgan.
AQSh janubi-sharqidagi shtatlarda 23-dekabr, chorshanba kuni yuzaga kelgan kuchli shamol va yomg‘irlar oqibatida Missisipi, Tennessi, Arkanzas shtatlarida va Missuri, Illinoys hamda Kentukkining bir qator hududlarida tornado paydo bo‘lishining eng katta xavfi qayd etildi.
Izoh (0)