Hindiston telekommunikatsiya sohasidagi nazorat organi (Telecom Regulatory Authority of India, TRAI) Reliance Communications mobil operatoridan Facebook’ning Free Basics xizmatini bloklab qo‘yishni talab qildi. Bu haqda Times of India xabar beradi.
Nazorat organi undan foydalanishni noma’lum muddatga yopib qo‘yishni so‘raganligi ta’kidlanmoqda. Mamlakat hukumatining ma’lum qilishicha, talab bajarilib, hozirgi paytda servisdan foydalanishning imkoni yo‘q. Biroq nashrning xabar berishicha, hukumat ikki hafta avval talabnoma yuborganligiga qaramasdan, xizmat hamon amal qilmoqda.
Hindistondagi aksariyat foydalanuvchilar va soha ekspertlari Facebook’ning ushbu tashabbusini tanqid qilgan. Jumladan, ularga ijtimoiy tarmoqning butun global tarmoqdan foydalanish imkoniyatini bermasligi va foydalanuvchilarning ikki guruhga: internetdan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar va ijtimoiy tarmoqning faqat tekin platformasidan foydalanishi mumkin bo‘lganlarga ajratilganligi ma’qul kelmagan.
Izoh (0)