O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida aloqa sifatini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Yangi yil arafasida, ayniqsa, Yangi yil kechasi aloqa xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj odatdagidan keskin oshib ketishi kuzatiladi. Aloqa xizmatlarining millionlab foydalanuvchilari yaqinlariga qo‘ng‘iroq qiladi va tabrik xatlari jo‘natadi, internetdan faol foydalanadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan aloqa operatorlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish, bayram oldi va bayramdan keyingi kunlarda bu kabi holatlarda kompaniyalarda mutaxassislarning sutkalik navbatchiligini tashkil qilish yuzasidan topshiriq berildi.
Izoh (0)