Rossiya aviatsiyasi tomonidan uyushtirilganligi taxmin qilinayotgan hujum natijasida Idlib shahrida 40 dan ortiq fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda qutqaruvchilar va mahalliy aholiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Qutqaruvchilar Idlib viloyati poytaxti hisoblangan Idlib shahriga uyushtirilgan seriyalik aviazarbalar natijasida kamida 43 kishi vafot etganini tasdiqladi. Favqulodda xizmatlar vakillarining ta’kidlashicha, xarobarlar orasida yana qurbonlar bo‘lishi mummkin.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Idlib shahri markaziga kamida oltita aviazarba berilgan, shaharliklar takroriy zarbalardan xavfsiramoqda. Idlib aholisi aviazarbalar Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari tomonidan berilganini aytmoqda.
Noyabr oxirida ham Reuters agentligi suriyalik inson huquqlari himoyachilari va mahalliy aholiga tayanib, Suriyaning Erixa shahriga Rossiya aviatsiyasi hujum uyushtirganini xabar bergandi. O‘shanda inson huquqlari himoyachilari 18 kishi halok bo‘lganini, guvohlar esa 30 kishi qurbon bo‘lganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)