BMT Xavfsizlik Kengashi 18-dekabr, juma kuni bir ovozdan Suriyadagi nizolarni tartibga solishning Venadagi uchrashuvlarda shartlashilgan tamoyillarini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hujjat bosh kotibni “iloji boricha tezroq, taxminan 2016-yil yanvarida” Suriya tomonlari bilan Jeneva kommyunikesi, shuningdek, Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi qarori asosida muzokaralar olib borishga chaqiradi.
Matnda Suriyadagi yarashuv yoqlangan, u nizo tomonlari “siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ilk qadamlarini qo‘ya boshlaganidan” kuchga kirishi aytilgan.
Rezolyutsiya olti oy ichida o‘tish davri hukumatini tuzish, shuningdek, 18 oydan kech bo‘lmagan muddatda yangi konstitutsiyaga muvofiq “erkin va adolatli saylovlar” o‘tkazishdan iborat siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh (0)