O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Tailand poytaxti Bangkok shahrida start olgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik tennischi mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan. Sabina ilk davrada koreyalik Ji-Xi Choyni 6:3, 6:7(4), 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)