13-dekabr, yakshanba kuni Pokiston shimoli-g‘arbida bomba portlashi oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlangan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Portlash Parachinar shahri bozorida ro‘y berdi. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan yetti nafarining holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)