Burundi poytaxti Bujumburada joylashgan harbiy bazalarga 11-dekabr kuni uyushtirilgan hujumlardan so‘ng u yerdan 87 kishi, jumladan mamlakat xavfsizlik kuchlari sakkiz nafar xodimining jasadi topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
11-dekabr kuni 30 dan ortiq jangari Bujumburadagi uchta harbiy bazaga va shahar tashqarisidagi bir obyektga hujum qildi. Bosqinchilardan 12 nafari yo‘q qilindi, yana 20 nafari qo‘lga olindi.
Mamlakat rasmiylari jangarilar qamoqxonalardan mahbuslarni qochirib yuborish uchun qurol-aslahalarni qo‘lga olmoqchi bo‘lganini ta’kidladi. To‘qnashuvlar bir guruh harbiylarning hukumatga qarshi isyoni sifatida ham baholandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu hujumlar natijasida 21 kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)