Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetov 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Axmetov pora olganlikda, mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda, tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etganlikda va o‘zganing mol-mulkini juda katta miqdorda o‘zlashtirganlikda ayblangan.
Serik Axmetov Qozog‘iston hukumatini 2012-yildan 2014-yilga qadar, uy qamog‘iga olinguncha boshqarib kelgan.
Izoh (0)