Faeton asteroidiga tegishli bo‘lgan Geminid meteorit oqimi Yer sayyorasi uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki uning barcha qismlari sayyora atmosferasida yonib ketadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Geminid meteorit oqimining avji 13—14-dekabr kunlari kechasiga to‘g‘ri kelib, uning manbasi Faeton asteroidi hisoblanadi. U yilning eng kuchli oqimlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Chunki uning barcha qismlari atmosferamizda yonib ketadi”, — deydi Rossiya Fanlar akademiyasining astronomiya bo‘yicha ilmiy kengashi a’zosi Eduard Kuznetsov.
Kuznetsovning so‘zlariga qaraganda, “kosmik yomg‘ir”ni faqat ochiq osmonda kuzatish mumkin. “Ma’lumotlarga qaraganda, oqim faolligi uning avjida soatiga 100—120 meteoritgacha yetishi mumkin. Ularni ochiq havoda va faqat shahar tashqarisida kuzatish mumkin”, — deydi olim.
Izoh (0)