Rossiya prezidenti Vladimir Putin moliya vaziri Anton Siluanovga Ukrainaning 3 milliard dollar qarzi masalasida sudga murojaat etish yuzasidan topshiriq berdi. Vazirning Kiyev olgan kredit bo‘yicha holat haqidagi hisobotidan so‘ng Putin “vaziyat o‘nglanmagan bo‘lsa, sudga bering” deya ko‘rsatma qilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Moliya vazirining bildirishicha, Rossiya Ukrainaning qarzi yuzasidan sudga murojaat etish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlashga kirishgan.
Rossiya 2013-yilda 3 milliard dollar miqdoridagi Ukraina suveren obligatsiyalarni xarid qilgan. Mazkur obligatsiyalar bo‘yicha to‘lov shu yil dekabr oyida amalga oshirilishi lozim.
Izoh (0)