Bugun, 10-dekabr kuni Kuala-Lumpur shahrida OChL—2016 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga “C” guruhida Qatarning “As Sadd” klubi raqib bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Anqirog‘i, qatarliklar BAAning “Al Jazira” klubini yengib o‘tsa, “C” guruhining to‘rtinchi jamoasiga aylanadi.
Agar shunday bo‘lib chiqsa, “As Sadd” safida to‘p surayotgan “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xavi Toshkentga keladi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi 2015-yilning iyun oyida Qatar klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Izoh (0)