Iroq Tashqi ishlar vazirligi 5-dekabr, shanba kuni Bag‘dodda Iroqning Mosul shahri yaqinidagi hududga turk harbiylarining joylashtirilishi munosabati bilan norozilik notasini topshirish uchun Turkiya elchisini chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Anqaradan qo‘shinlarni zudlik bilan chiqarib ketish talab etildi.
Rasmiy bayonotda turk armiyasi Bag‘dod hukumatini xabardor etmasdan Iroq chegarasidan o‘tganligi ma’lum qilindi. Iroq bu harakatlarni va turk askarlarining mamlakat hududida bo‘lishini dushman harakati deb baholadi.
Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘li o‘z armiyasining Iroq hududidagi harakatlarini “rotatsiya aylanishi” va “xavfsizlikka tahdid sharoitida qo‘shimcha kuch” deb atadi. Uning so‘zlariga qaraganda, buni boshqacha talqin qilish provakatsiya hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Iroq turk harbiylari rotasining Mosul shahri yaqinidagi Bashik hududiga tashlanishini o‘z suverenitetining buzilishi deb atab, Turkiya qo‘shinlarining zudlik bilan chiqarilishini talab qilgan edi.
Izoh (0)