4-dekabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Senat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Fayzulla Abdullayevich Abduazimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari etib saylandi.
Atabek Napasovich Matkarimov va Sadriddin Bavabekovich Eshankulov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari etib saylandi.
Ra’no Norboyevna Kamalova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilindi.
Ushbu Qaror qabul qilingan kun (2015-yil 4-dekabr)dan e’tiboran kuchga kirdi.
Oldinroq Senat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)