Rossiyaning “Olimpiyskiy” sport kompleksi egalaridan biri Dmitriy Shumkov “Moskva-Siti”dagi federatsiya minorasida joylashgan ishchi kabinetida o‘z joniga qasd qilganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “TASS” huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Dmitriy Shumkov ‘Moskva-Siti’ majmuasida joylashgan ofisdagi kabinetida o‘z joniga qasd qilgan. Uning o‘limi jinoiy xarakterga ega emas”, — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati politsiyaga 4-dekabr kuni Presnenskaya Naberejnaya 12 manzilidagi ofisda erkak kishining jasadi topilganligi haqida xabar kelib tushganligini ma’lum qildi.
Tergov qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Dmitriy Shumkov Rossiya Federatsiyasi oliy yuridik mukofoti “2012-yil huquqshunosi” laureati bo‘lgan. U Rossiya huquqshunoslari o‘nligiga kirgan.
Izoh (0)