Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident ma’muriyati uzoq masofaga yuk tashuvchi haydovchilarning “Platon” tizimiga qarshi namoyishlari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan shug‘ullanmayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Biz avval ta’kidlaganimizdek, bu vaziyat prezident ma’muriyati kun tartibiga kirmaydi deb hisoblaymiz. Bu masala shu sohadagi boshqarmaning kun tartibiga kiradi. Ko‘rib turganimizdek, ma’lum bir choralar ko‘rilmoqda va bu mavzuga qiziquvchi kishilar o‘z savollariga javob olishi mumkinligiga umid qilaman”, — dedi Peskov.
Peskovning so‘zlariga qaraganda, bu masala Transport vazirligi va Davlat dumasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Davlat dumasi uzoq masofaga qatnovchi haydovchilar uchun “Platon” yuzasidan to‘lov amalga oshirilmaganlik uchun jarimani 100 barobarga qisqartirdi.
Izoh (0)