Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, mamlakat Rossiyasiz ham boshqa energiya manbalarini yetkazib beruvchilarni topa oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ayni paytda, Rossiya Turkiyaga eng katta gaz yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Lekin 2015-yil 24-noyabrda Turkiyaning F-16 qiruvchi harbiy samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini Suriyada urib tushirgandan keyin, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar inqirozni boshdan kechirmoqda. Rossiya prezidenti Putin bu harakatni “Terrorchilarning sheriklari tomonidan orqadan berilgan zarbasi”, ― deb atadi. Davlat rahbari milliy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari va Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy choralarni qo‘llash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi va Rossiya hukumati ushbu farmonni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorini 2015-yil 1-dekabr kuni e’lon qildi.
Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novakning ta’kidlashicha, Rossiya hukumatining qarori asosida ikkala davlat o‘rtasida tuzilgan savdo va iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning faoliyati to‘xtatilganligi sababli, “Turkiya oqimi” gaz quvuri bo‘yicha Turkiya va Rossiyaning hukumatlararo muzokaralari to‘xtatildi.
Izoh (0)