Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Kaliforniyadagi fojia yuzasidan AQSh davlat kotibi Jon Kerri va barcha amerikaliklarga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Men fojia munosabati bilan AQSh davlat kotibi Jon Kerri va barcha amerikaliklarga hamdardlik bildirmoqchiman”, — dedi u.
2-dekabr, chorshanba kuni San-Bernardino shahrida (Kaliforniya shtati) bir necha noma’lum kishi imkoniyati cheklangan kishilarga yordam ko‘rsatish markaziga bostirib kirib, otishma sodir etdi. Hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi yaralangan.
Izoh (0)