2016-yilda Toshkentda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan, Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib boradigan bo‘ldi. Amaldagi Osiyo chempioni Yaponiya “D”, 9 karra qit’a chempioni Eron “B” guruhida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2016 qur’a natijalari:
A guruhi: O‘zbekiston, Livan, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni.B guruhi: Eron, Iroq, Xitoy, Iordaniya.C guruhi: Tailand, Vyetnam, Xitoy Taypei, Tojikiston.D guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Malayziya, Qatar.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo Chempionati 2016-yilning 10—21-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)