O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Jo‘rabek Karimov AQShning Florida shtati Bradenton shahrida start olgan tennis turnirining yakkalik va juftlik bahslarini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Gretsiyalik Stefanos Sitsipas bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Jo‘rabek ilk davrada amerikalik tennischilar – Jeyson Legal ham Yakub Vojik hamkorligini 6:0, 7:6 hisobida taslim etdi.
Nashrning eslatib o‘tishicha, Jo‘rabek Karimov ushbu turnirning yakkalik bahslari ilk davrasida mezbon tennischi Aleksandr Rotsayertga qarshi kortga chiqib, raqibini 7:5, 3:6, 6:0 hisobida taslim etgan. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi yaponiyalik Yunosuke Tanaka bo‘ladi.
Izoh (0)