Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi shimolidagi Igarka shahri yaqinida Mi-8 vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” Krasnoyarsk o‘lkasi shifoxonasi matbuot kotibi Irina Kochetkova ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Turuxan” aviakompaniyasiga qarashli Mi-8 vertolyotining 26-noyabr, payshanba kuni Igarka yaqinida halokatga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi. Jabrlanganlardan 14 nafari shifoxonada bo‘lib, ulardan sakkiz nafari jonlantirish bo‘limida edi.
“Jonlantirish bo‘limiga bosh-miya shikastlanishi bilan yetkazilgan erkak vafot etdi. Yana olti kishi jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ularning barchasi sun’iy nafas beruvchi qurilmalarga ulangan”, — dedi Kochetkova.
U bir nafar bemorning ahvoli yaxshilanganligi uchun jonlantirish bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)