Germaniya bundesvarining bahosicha Suriyada harbiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun 1200 askar talab etiladi. Bundesvar bosh inspektori Folker Vikerning so‘zlariga ko‘ra, askarlar “samolyotlar va kemalarda” xizmat qilishi uchun zarur. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Germaniya kontingenti ayni paytda Suriyadagi eng yirik harbiy qism bo‘lishi mumkin. Askarlar Berlin mos keluvchi mandatni qo‘lga kiritishgani hamono Yaqin Sharqqa jo‘natiladi.
Shu bois Vikerning fikricha, nemis harbiylari aviauchuvlarda ishtirok etmasliklari lozim. “Harbiy nuqtai nazardan bu to‘g‘ri fikr. Ayni vaziyatda bu bizning harbiy razvedkadagi salohiyatimizdir”, — dedi Viker.
Uning ma’lum qilishicha, missiyaning davomiyligini siyosatchilar hal qiladi.
Izoh (0)