Turkiya politsiyasi Istanbulda mashhur kurd huquqshunosi, Diyorbakir shahri advokatlar palatasi rahbari Tohir Elchining o‘ldirilishidan so‘ng boshlanib ketgan namoyish ishtirokchilarini tarqatib yuborishga urindi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Istanbul markazidagi Taksim maydonida ikki mingga yaqin odam to‘plandi. Guvohlardan birining Reuters agentligiga so‘zlab berishicha, politsiya ularga qarshi suv sochuvchi qurol va ko‘zni yoshlantiruvchi gazni qo‘llagan.
Tahir Elchi ko‘chada jurnalistlar oldida chiqish qilayotganda, noma’lum jinoyatchilar tomonidan otib ketilgan. Hujum oqibatida politsiya xodimi ham halok bo‘lgan.
Izoh (0)