O‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini to‘xtatdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 10 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada Vlada oltinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lib, chorak finalda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Turnirning birinchi raketkasi chexiyalik Barbora Stefkovaga qarshi kortga chiqqan Yakshibarova kuchli raqibasiga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Vlada ilk bosqichda ukrainalik Veronika Stotikani 6:2, 6:7(9), 6:1, chorak final yo‘lida moldovalik Yuliya Xelbetni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)