Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh Rossiya kompaniyalari va IShID Suriya tuzumiga neft sotganligi holatlarini hujjatlar asosida qayd etganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy Today’s Zaman manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Erdo‘g‘onning mazkur bayonoti Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyani IShIDdan neft xarid qilish va Suriyadagi terrorchi guruhlarga rahnamolikda ayblagandan so‘ng e’lon qilindi.
Terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni o‘t bilan o‘ynashishga o‘xshatgan Putinning so‘zlariga javoban Erdo‘g‘on “biz Rossiyaga o‘t bilan o‘ynashmaslikni maslahat beramiz”, deya ta’kidlagan.
Izoh (0)