Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 30-noyabr kuni Parijda uchrashishni taklif qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Turkiya rahbari hali javob olmaganligini aytib o‘tdi.
“Men Rossiya davlat rahbari Putinga 30-noyabr kuni uchrashishni taklif qildim, biroq hozircha javob olganim yo‘q”, — dedi Erdo‘g‘on.
Avvalroq Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Su-24 halokatidan so‘ng Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishga uringanligi, biroq suhbat amalga oshmaganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)