Sibirda Mi-8 vertolyotining halokati natijasida 12 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Vertolyot bortida 22 nafar yo‘lovchi va uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi qurbon bo‘lgan, qolgan yo‘lovchilar jabrlangan”, — deyiladi manbalarda.
Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, “Turuxanavia” kompaniyasiga tegishli vertolyot Igarka shahridan ikki kilometr masofada Yenisey daryosiga qulab tushgan. Vertolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)