G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi Igarka yaqinidagi Mi-8 vertolyoti halokati oqibatida qurbon bo‘lganlarning soniga aniqlik kiritdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Oxirgi, aniqlashtirilgan ma’lumotlarga qaraganda, 15 kishi qurbon bo‘lgan. O‘n kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida, yana bir jabrlanuvchi vertolyotdan chiqarib olinmoqda”, — dedi boshqarma vakili.
Avvalroq halokat oqibatida 12 kishining qurbon bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Vaxta ishchilarini olib ketayotgan vertolyotning Yenisey ustidagi muzga qattiq qo‘nganligi tufayli uning fyuzelyaji ishdan chiqdi. Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan ish qo‘zg‘atdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)