Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda olti millioninchi qirg‘izistonlik tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar sabab bir qator ko‘chalarda qatnov to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi yo‘l-patrul xizmati matbuot markazi ma’lum qilgan, deya xabar beradi Knews.
Unga ko‘ra, 26-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali konsert davomida “Ala-Too” maydoni va uning atrofidagi hududlarda YPX yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlaydi. Shu sabab makur xizmat avtomobil egalaridan vaqtinchalik noqulaylikni to‘g‘ri tushunish, transport vositalarini qarovsiz qoldirmaslik, tantanada ishtirok etuvchilarni esa jamoat transportidan foydalanishlarini so‘ragan.
25-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:12 da O‘sh viloyatida tug‘ilgan qizaloq mamlakatning 6 millioninchi fuqarosi bo‘ldi.
Izoh (0)