Toshkent shahar IIBB Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi markaz boshlig‘i, mayor Sanjar Qosimov biometrik pasport olish muddati 2017-yilgacha uzaytirilishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, aholi orasida tarqalgan “biometrik pasport olish muddati 2017-yilgacha uzaytirilar ekan”, degan mish-mishlar asossiz”. “Hali bu borada birorta rasmiy hujjat qabul qilingani yo‘q”, — deydi mayor Qosimov.
Sanjar Qosimovning qo‘shimcha qilishicha, hozirgacha O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati yangi biometrik pasportlar bilan ta’minlangan, biroq gazeta xabarida bu borada raqamlar keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq, amaldagi O‘zbekiston fuqarosi pasporti 2015-yil 31-dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi.
Izoh (0)