Osiyo futbol konfederatsiyasi bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshilari bo‘lishga da’vogarlarning yakuniy uchlik ro‘yxatini e’lon qildi. Nominatsiyalardan biri aniq O‘zbekistonga yo‘l oladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Aniqrog‘i, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik futbolchi da’vogarlik qilyapti. O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi hamda “Bunyodkor” klubi futbolchilari Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov hamda Zabihillo O‘rinboyevdan biri Osiyoda 2015-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston U-20 termasi yoshlar o‘rtasidagi JChda chorak finalgacha yetib borgan edi.
Izoh (0)