“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan xonanda Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini qaytarib berdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Xonandaga birlashmaning 2015-yil 10-noyabrdagi buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda va uning tashqarisida konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ijrochi-jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan litsenziya taqdim etilgan.
“Sayyod.com”dagi xabarga ilova qilingan fotosuratda litsenziya 2015-yil 10-noyabridan 2016-yil 10-avgustiga qadar amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasi “litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlarni buzgani sababli” 2015-yil 1-iyuldan to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)