Myanma shimolidagi Kachin shtatida yer ko‘chishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Katta ko‘lamli ko‘chki nefrit qazib olinadigan kon yaqinida yuz bergan. Mahalliy konchilarning o‘nlab uylari ko‘chki ostida qolib vayron bo‘lgan.
Nashr ta’kidlashicha, vayronalarni tartibga solish jarayonida qurbonlar soni oshib, yuz nafargacha yetishi mumkin.
Izoh (0)