O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini zilzila va yerosti silkinishlari vaqtida qo‘rqmaslikka chaqirdi. Bu haqda, vazirlik vakili X.Sadirovga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
“Zilzilalar va seysmik faollik kuzatilayotgan vaqtda qo‘rqmaslik kerak. Odatda, bu kabi hodisalar insonlar orasida katta qurbonlarga sabab bo‘lmaydi. Yil davomida jahon bo‘ylab 50 mingga yaqin zilzila yuz beradi, biroq ularning sanoqlilaridagina odamlar halok bo‘ladi”, — dedi vazirlik vakili.
FVV vakilining alohida qayd etishicha, fuqarolar bino va inshootlarni qurishda seysmik jihatdan chidamlilikka e’tiborni kuchaytirishlari kerak. “Odamlar zilziladan emas, balki binolarning vayron bo‘lishidan halok bo‘ladi”, — dedi X.Sadirov.
Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, “odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan zilzila holatlarida bino va inshootlar belgilangan qurilish qoidalariga zid ravishda rejalashtirilgan va qurilgan bo‘ladi”.
17-noyabr, seshanba kuni oqshomida O‘zbekistonning ayrim hududlarida (Toshkent shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 2,5—3 balli) yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning O‘sh shahri yaqinida bo‘lgan, magnitudasi 5,7 ga teng bo‘lgan.
Izoh (0)