Moskvaning Basmanniy tumani sudi Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘limi “Sever” batalyoni jangchisi Ruslan Muhiddinovni sirtdan hibsga oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq siyosatchi Boris Nemsovning o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan “Sever” batalyoni ofitseri Ruslan Muhiddinov Rossiyani begona pasport bilan tark etgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Muhiddinov qotillik va noqonuniy qurol aylanmasida ayblanmoqda. Unga nisbatan federal va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)