Siyosatchi Boris Nemsovning o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan “Sever” batalyoni ofitseri Ruslan Muhiddinov Rossiyani begona pasport bilan tark etgan. Bu haqda Moskvaning Basmanniy tumani sudi tergovchisi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Muhiddinov ro‘yxatga kirgan joyida yashamaydi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiyadan begona pasport bilan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin”, — dedi tergovchi. Endi Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi ishni tergov qilish muddati 2016-yilning 28-fevraligacha uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, Muhiddinov qotillik va noqonuniy qurol aylanmasida ayblandi. Unga nisbatan federal va xalqaro qidiruv e’lon qilindi.
Izoh (0)