Rossiya FXX rahbari A321 laynerining qulashini terakt deb atadi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Misrda A321 layneri terakt oqibatida qulaganini ma’lum qildi. Meduza’ning Bortnikovga asoslanib xabar berishicha, samolyot bo‘laklarida portlovchi modda izlari topilgan.
Rossiyaning Airbus A321 layneri 31-oktabr kuni Misrda qulagan edi. Samolyot Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘lgan, ularning qariyb hammasi rossiyaliklar edi.
Dastlab Rossiya hodisa sabablari orasida teraktni asosiy versiya sifatida ko‘rmayotgan edi. Aviahalokatdan bir hafta o‘tib — 6-noyabr kuni Rossiya ma’muriyati xavfsizlik nuqtai nazaridan Misrga parvozlarni taqiqlab qo‘ygandi.
Izoh (0)