Rolls-Royce kompaniyasi AQShda bitta Rolls-Royce Ghost avtomobilini chaqirib olishi haqida e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Bunga old o‘rindiqlarning yon xavfsizlik yostiqlaridagi muammo sabab bo‘lgan. Kompaniyadagilar aniqlik kiritishicha, nuqson “xavfsizlik yostiqlaridan birining noto‘g‘ri markirovka qilingani” bilan bog‘liq.
The Financial Times yozishicha, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bu AQShda yagona avtomobil qaytarib olinishi bilan bog‘liq birinchi holatdir.