Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi Farg‘onadagi ikkita issiqlik stansiyasini modernizatsiya qilish uchun gaz-quvur uskunalarini yetkazib beradi, deya xabar bermoqda UzDaily O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligiga tayanib.
O‘zbekiston hukumati hamda Yaponiya yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish davlat tashkiloti O‘zbekistondagi issiqlik markazlari va issiqlik elektr markazlarini modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan rejalar haqida bayonnoma imzoladi.
Yaponiya kompaniyasi tomonidan Farg‘ona issiqlik elektr markazi va shahar RK-3 qozonxonasiga gaz-quvur uskunalari yetkazib berilishi natijasida ularning energetik samaradorligi oshadi.