“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 12-turida “Real” (Madrid) bilan bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Oxirgi mashg‘ulot chog‘ida u to‘p bilan ishlagan va yugurish mashqlariga kirishgan. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu 21-noyabrda “Qirollik klubi” maydonida bo‘lib o‘tadigan va “Barselona” uchun muhim sanaladigan o‘yinda Messining ishtirok etishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Messi oyog‘idagi jarohat batamom tuzalmagani tufayli mazkur bahsda jamoasiga yordam berolmasligi aytilgandi.
Izoh (0)