AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) A321 samolyotining Misrdagi halokati sabablarini tekshirishda Rossiyaga yordam berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, Meduza xabar beradi.
Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari AQSh Federal qidiruv byurosidan Misrda A321 samolyoti halokatini tekshirishda yordam so‘ragan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmalar ekspertizasi borasida Vashingtonning yordami zarur bo‘lmoqda. AQSh rasmiylari portlashga IShID aloqador bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Izoh (0)