Maldiv parlamenti a’zolari 5-noyabr, payshanba kuni mamlakat vitse-prezidenti Ahmad Idibga ishonchsizlik — impichment jarayonini boshlash uchun ovoz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Parlamentdagi 85 deputatdan 61 nafari ishonchsizlik bildirilishini qo‘llab-quvvatlagan. 24-oktabrda hibsga olingan vitse-prezident davlat rahbariga suiqasd uyushtirishni tashkillashtirishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni Saudiya Arabistonidan haj safaridan qaytayotgan Maldiv prezidenti katerida portlash sodir bo‘lgan. Abdulla Yaminning o‘zi hodisada jabr ko‘rmagan. Mamlakat rasmiylari mazkur portlashni davlat rahbarini o‘ldirishga urinish, degan xulosaga kelgan.