Bortida ekipajning besh a’zosi va yetti nafar yo‘lovchi bo‘lgan yuk samolyoti Janubiy Sudan poytaxti Jubada aviahalokatga uchradi. Bu haqda, South Sudan Tribune nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“4-noyabr kuni Jubada qulagan yuk samolyoti bortida ekipajning besh a’zosi va yetti yo‘lovchi bo‘lgan, ekipaj a’zolarining barchasi rossiyalik edi. Hodisa natijasida faqat ikki kishi, jumladan, bir chaqaloq omon qolgan”, — deb yozdi mahalliy nashr Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)