Sankt-Peterburgda Misrning Sinay yarim orolida qulagan A321 samolyotida halok bo‘lganlardan to‘rt nafarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziligi shoshilinch ruhiy yordam markazi direktori Yuliya Shoygu ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Barcha xizmatlar bilan har tomonlama bog‘liq holda ish tashkil etilgan. Halok bo‘lganlar shaxsini aniqlash joyida ruhshunoslar ishlamoqda”, — deya ta’kidlagan Yuliya Shoygu vazirlikda o‘tgan hukumat komissiyasi ishchi guruhi yig‘ilishida.
Izoh (0)