Suriyada vafot etgan rossiyalik harbiy xizmatchi Vadim Kostenkoning tobuti uning Krasnodar o‘lkasidagi Grechanaya Balka qishlog‘ida joylashgan uyiga yetkazildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, 27-oktabr kuni, kechga yaqin Kostenkoning uyiga harbiylar bo‘lgan yuk mashinasi kelib, undan askarning jasadi bo‘lgan ruh tobutni tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada shartnoma asosida xizmat qilayotgan 19 yoshli Vadim Kostenkoning halok bo‘lganligini tasdiqlagan edi. Askarning SMS-xabarlarini o‘qib chiqqan harbiylar, Kostenko sevgan qizi bilan kelisha olmay qolgani sabab o‘z joniga qasd qilganini aniqlagan edi. Uning ota-onasi o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilganligiga ishonmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)