Afg‘onistondagi zilzila oqibatida halok bo‘lgan pokistonliklar soni 275 nafarga, afg‘onistonlik qurbonlar esa 90 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Bundan tashqari, ikki mingga yaqin pokistonlik jabrlangan. Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif jabrlanganlarni qutqarish ishlarini shaxsan nazorat qilish va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Buyuk Britaniyadagi tashrifini qisqartirib, zudlik bilan vataniga qaytishni rejalashtirmoqda.
Afg‘onistonda qurbon bo‘lganlar soni 90 nafarga yetdi. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, Badaxshon, Tohar, Nangarhar, Kunar va mamlakat poytaxti Qobulga eng ko‘p zarar yetgan.
O‘z navbatida, Times of India nashrining ma’lum qilishicha, Hindistonda zilzila oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati Srinagar shahrida yashagan. Ximichal-Pradesh, Uttarakxand hamda Jammu va Kashmir shtatlariga eng ko‘p zarar yetgan.
Avvalroq Pokistonda 228, Afg‘onistonda 33, Hindistonda esa ikki kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)