26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida qurbon bo‘lganlar va vayronagarchiliklar qayd etilmadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida yuz bergan yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi.
Toshkent vaqti bilan 26-oktabr, dushanba kuni soat 14:09 da yuz bergan zilzila kuchi Termizda 5,5, Toshkent va Samarqandda 5, Farg‘onada 4, Andijon va Namanganda 3 magnitudani tashkil etgan. “Toshkent” MSS ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazida magnituda 7,5 ga teng bo‘lgan.
Izoh (0)