• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zilzila nima va uni oldindan bilish mumkinmi?

    “Daryo” zilzilalar bilan bog‘liq ommabop savollarga imkon qadar qisqacha javob berishga harakat qiladi.

    Yaponiyaning Kobe shahrida 1995-yili yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatlari. Foto: IBT

    Yaponiyaning Kobe shahrida 1995-yili yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatlari. Foto: IBT

    1. Zilzila nima?

    Yer po‘stida yoki mantiyaning yuqori qismida to‘satdan siljish, sinish yoki o‘pirilish ro‘y berishi oqibatida vujudga keladigan va to‘lqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yerosti silkinishlari va tebranishlari zilzila deyiladi. Bir yil davomida bir necha yuz ming zilzila yuz berishi mumkin, ularning aksariyati faqatgina seysmograflar sezadigan kuchsiz zilzilalar bo‘lib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi, vayronkor yer silkinishlari esa bir yilda bir necha o‘ndan bir necha yuztagacha bo‘lishi mumkin. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol bo‘lgan (masalan, bir qismi O‘zbekistonga kirgan Tyan-Shan, Afg‘onistondagi Hindikush, Tojikistondagi Pomir kabi) tog‘ tizmalari joylashgan hududlarda ko‘proq bo‘ladi.

    2. Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

    Zilzila vaqtida birlamchi qoida, bu — vahimaga tushmaslikdir. Agar bino ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul tagiga kirib oling. Shu yo‘l bilan tepadan qulashi mumkin bo‘lgan narsalardan (masalan, devor parchasidan) himoyalanasiz. Eshik tagida (eshik joylashgan oraliqda) turib oling — ular binoning boshqa qismlariga qaraganda mustahkamroq bo‘ladi. Agar tashqarida bo‘lsangiz, bino, daraxt, suv yoki elektr simlariga yaqin bormang — elektr uzatkichlari suvga qulashi natijasida unga yaqin turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Mashinada bo‘lsangiz, mashina ichidan chiqmang, lekin u bino, devor yoki boshqa qulashi mumkin bo‘lgan obyekt yaqinida turgan bo‘lsa, tashqariga chiqib, avtomobilingiz yonida cho‘kkalab turing. Zilzila to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz joydan chiqmasdan, biroz kutib turing.

    3. Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?

    Zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali yaratilmagan, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘q. Faqatgina zilzila vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aniqlangan xolos. Bundan tashqari zilziladan darak beruvchi omillar ko‘p. Masalan — forshok (zilzila oldidan sodir bo‘ladigan to‘lqinlar). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, akademik Qahhorbek Abdullabekovning so‘zlariga ko‘ra, 1984-yil yanvar oyida Namangan viloyatining Pop tumani atrofida kuniga bir—ikkita mayda zilzilalar qayd etilgan, oradan bir oy o‘tib esa bunday forshoklarning soni sutkasiga 100—150 taga yetgan. Shunda mahalliy ma’muriyatga zilzila sodir bo‘lishi haqida xabar berilgan va haqiqatan ham Popda 8 balli zilzila ro‘y bergan. Lekin forshoklar doim ham kuzatilmaydi. Masalan, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi arafasida forshok bo‘lmagan, faqat aftershoklar kuzatilgan. 1978-yili Andijondan 120 kilometr janubda Oloy zilzilasi ro‘y bergan. O‘shanda yerosti suv tarkiblari va magnit maydonlari o‘zgargani qayd etilgan va oxirgi marta zilziladan 6 soat avval mahalliy ma’muriyatga zilzila xavfi borligi haqida xabar berilgan. “O‘shanda Andijonda rahbarlar soat 24:00 gacha kutib o‘tirgan, biroq oxiri zilzila bo‘lishiga ishonmay hamma uy-uyiga tarqagan. Biroq soat 01:50 da 6 balli zilzila sodir bo‘lgan”, — deydi akademik.

    4. 26-oktabr kuni O‘zbekistonda sezilgan zilzila kuchlimi, kuchsiz?

    Zilzila vaqtida yuzaga keluvchi seysmik to‘lqinlar energiyasi magnitudalarda o‘lchanadi. Magnitudalar 1 dan 9,5 gacha bo‘lingan bo‘lib, o‘chog‘i qariyb 200 kilometr chuqurlikda bo‘lgan Hindikushdagi 26-oktabr zilzilasi magnitudasi 7,5 ga teng. Ya’ni, bu silkinish yiliga ko‘pi bilan 20 tagacha sodir bo‘ladigan “katta zilzila”lar qatoriga kiradi. Qo‘shni Afg‘onistondagi yer qimirlashi Termizga 5,5, Toshkentga 5 magnituda bilan yetib keldi. Taqqoslash uchun, 1966-yili Toshkentning markaziy qismini amalda to‘liq vayron qilgan zilzila magnitudasi 5,3 ga teng edi, biroq uning o‘chog‘i bevosita shahar ostida va atigi 8—10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani sabab, yetkazilgan zarari ko‘lami juda katta bo‘lgan. So‘nggi yillarning eng dahshatli yer silkinishi — 2011-yil 15 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan Buyuk Sharqiy yapon zilzilasi vaqtida magnituda 9,1 ga yetgan.

    5. Zilzilalarni kim/qaysi tashkilot kuzatib, o‘rganib boradi?

    AQSh Geologiya xizmati yoki Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi kabi muassasalar deyarli butun jahon bo‘ylab yuz berayotgan yer qimirlashlari haqida onlayn axborot uzatadi. Yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Qozog‘istondagi Milliy axborot markazi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi silkinishlar haqida o‘z saytida muntazam ma’lumot beradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlar faoliyatini muvofiqlashtirib tursa, “Toshkent” markaziy seysmik stansiyasi O‘zbekiston bo‘ylab yuz bergan silkinishlar haqidagi axborotlarni to‘playdi (telefonlar: (+998-71)-235-02-30, (+998-71)-235-91-51), mazkur axborotlar O‘zbekiston raqamli seysmik tarmog‘ida e’lon qilib boriladi.
    26.10.2015, 20:15   Izoh (0)   116334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

    26.10.2015, 17:44

    O‘zbekistonda yil boshidan beri nechta zilzila sezildi?

    26.10.2015, 17:28

    Abdulaziz Kamilov AQSh elchisi bilan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibini muhokama qildi

    26.10.2015, 16:56

    Toshkentdagi Inha Universitetida Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

    26.10.2015, 16:32

    Hindikushdagi zilzila kuchi Toshkentda 5, Termizda 5,5 magnitudani tashkil etdi

    26.10.2015, 15:39

    Salonda sigareta chekadigan “marshrutka” haydovchilarining “adabini berish” yo‘li ma’lum qilindi

    26.10.2015, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.