Belgiyaning Flavin shahrida noma’lum shaxs mahalliy harbiy qismga hujum qilishga urindi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Qaytarma qalpoq kiygan shaxs avtomobilini Flavindagi harbiy qism hududiga kirish oldida to‘xtatib, harbiylarga qarata bir necha bor o‘q uzgan va shundan voqea joyidan yashirinishga uringan.
Harbiylar o‘q ovozlariga javob bergan, o‘rtada kichik otishma kelib chiqqan. Xabar berishlaricha, harbiylarga zarar yetmagan, biroq hujum qilgan shaxsning ahvoli to‘g‘risida aniq axborot yo‘q.
Hodisa yuz bergan vaqtda kazarmalarda 50 ga yaqin askar bo‘lgan, chunki harbiylarning aksariyati chet eldagi o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan, zaruriy tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)